Shifoxonaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

To‘rtko‘l tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli markaz bo‘limi bekasi B.A. fuqarolar – X.N. va N.I.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida 2 400 AQSH dollari evaziga ushbu birlashmaga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. U shundan 200 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 2 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Shuningdek, Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona akusheri Sh.X. fuqaro G.Y.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga u 1600 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, Ko‘z mikroxirurgiyasi markazi mintaqaviy filialiga qarashli poliklinika bekasi A.D. fuqaro N.N.ning ishonchiga kirib, uni Nukusdagi poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. A.D. evaziga 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Shu bilan birga, Namangan shahrida oilaviy poliklinika hamshirasi N.R. fuqaro Yo.O‘.ni ushbu poliklinikaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing