Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi
Jamiyat
−
11:09 1724 1 daqiqa
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.
Davlat rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutlagan.
“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz”, degan Prezident.
Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etilgan.
Live
Barchasi