Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tbilisi shahrida davlat rahbari Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili va Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazgan.

O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning muhim masalalari ko‘rib chiqilgan.

Muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan. Bundan tashqari, ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami almashilgan.

Orbeliani saroyida O‘zbekiston yetakchisiga Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, davlat rahbari Tbilisi shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Davlat tashrifi yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahriga jo‘nab ketgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing