Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga tashrifi rejalari nimadan iborat?

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga jo‘nab ketganligini xabar bergan edik.

Mamlakat rahbari 2018 yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida hududning zamonaviy qiyofasini yaratish, sanoatning ishlab chiqarish va qayta ishlash, transport-logistika, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sayyohlik salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha soha mutasaddilariga topshiriqlar bergandi.
 
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshdi. Transport va servis infratuzilmasi rivojlanib, sayyohlar oqimi ko‘paydi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solindi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar bunyod etildi.

Buxoro mamlakatimiz viloyatlari ichida hududining kattaligi jihatidan Navoiydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qulay geografik hududda joylashgani, tarixiy obidalar, tabiiy resurslarga boyligi, qishloq xo‘jaligi sohasida to‘plangan tajriba sabab viloyatda turizm, sanoat, logistika, agrosanoat sohalari izchil rivojlanmoqda.

Tashrif davomida Prezident avvalgi topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi, galdagi muhim vazifalarni belgilab berishi rejalashtirilgan. Bu haqda UzA “O‘zbekiston 24” telekanaliga ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing