Prezident soğliqni saqlaş sohasi xodimlarini tabrikladi

Jamiyat

−

image

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Uşbu qutluğ ayyomda öz hayotini inson salomatligini asraşdek olijanob işga bağişlagan soğliqni saqlaş sohasining barça jonkuyar va zahmatkaş xodimlariga özimning yuksak hurmatimni izhor etib, fidokorona mehnati uçun çuqur minnatdorlik bildiraman”, deyiladi tabrik xatida.

Prezidentning bildirişiça, keyingi yillarda “Yangi Özbekistonga – yangi va zamonaviy tibbiyot” degan ezgu ğoya asosida amalga oşirayotgan islohotlar tufayli sohaga ajratilayotgan mablağlar hajmi 7 barobar köpaytirilib, joriy yilda 49 trillion sömga yetkazilgan. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanib, ularning faoliyatiga eng zamonaviy diagnostika va davolaş texnologiyalari, innovatsion yondaşuvlar keng tatbiq qilinmoqda.

Joylarda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatiş böyiça yangi model bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda.

Infarkt va insultga qarşi kuraşiş, onkologik va gematologik kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaş, palliativ yordamni rivojlantiriş borasida ilk bor öz milliy tizim barpo etilgani ham diqqatga sazovor.

“Poliklinika va şifoxonalar, xususiy klinika va dorixonalarni yagona raqamli tizimga birlaştirganimiz, DMED elektron axborot tarmoği orqali 38 milliondan ziyod aholining tibbiy kartasi yaratilgani, “Elektron poliklinika”, “Elektron şifoxona”, “Elektron retsept” tarmoqlari yölga qöyilayotgani xizmat körsatiş sifati va samarasini tubdan oşirmoqda. Endi, sun’iy intellektni şifokor va hamşiralarga xizmat qiladigan kömakçiga aylantirib, bu tizim imkoniyatlarini yanada kuçaytiramiz.

Davlat tibbiy suğurtasi doirasida “Mablağ bemor ortidan boradi” tamoyili joriy etilgani, moliyalaştirişda yangi mexanizmlar şakllangani, reimbursatsiya dasturi asosida aholiga bepul beriladigan dori vositalari kölami kengaytirilgani ham muhim özgarişlar qatoriga kiradi. Şu yil oxirigaça barça hududlarda suğurta mexanizmlarini töliq yölga qöyib, aholini kafolatlangan tibbiy yordam bilan qamrab olişni reja qilganmiz.

Asosiy maqsadimiz – qayerda yaşaşi va ijtimoiy holatidan qat’i nazar, har bir inson vaqtida sifatli va malakali tibbiy yordam oliş imkoniga ega bölişiga erişişdan iborat”, deydi Prezident.

Şavkat Mirziyoyevning ma’lum qilişiça, ta’lim va ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tibor tufayli 2017 yildan buyon tibbiyot oliygohlariga qabul kvotasi 4,5 karra köpaygan. Ularning 40 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan ötkazilgan. Ilgari bu oliygohlarga 4 ta davlatdan talabalar kelib öqigan bölsa, hozir bu raqam 41 taga yetdi, çet ellik talabalar soni esa 15 ming nafardan oşgan.

Kelgusi yildan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat röyxatidan ötkaziş tizimi yölga qöyiladi. 2027–2028 öquv yilidan boşlab tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaş töliq rezidentura dasturlari orqali amalga oşiriladi.

Xususiy tibbiyot tarmoği jadal rivojlanib, sohada soğlom raqobat, tanlaş imkoniyati paydo bölmoqda. Buni mamlakatdagi xususiy klinikalar soni sönggi ön yilda 3 ming 500 tadan 9 mingdan ziyodga oşgani, ularga ruxsat etilgan ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar turi 50 tadan 213 taga yetgani misolida yaqqol köriş mumkin.

Farmatsevtika sanoatida işlab çiqariş, eksport va investitsiyalar hajmi kengaymoqda. Mahalliy korxonalarda 6 ming 800 dan ortiq turdagi dori vositalari tayyorlanmoqda. Farmatsevtika mahsulotlari 50 dan ziyod mamlakatga eksport qilinmoqda.

“Mamlakatimizda örtaça umr köriş davomiyligi 73,8 yoşdan 75,4 yoşga yetgani biz uçun eng muhim körsatkiçdir. Oldimizda uşbu raqamni 78 yoşga yetkaziş, kasalliklarning oldini oliş, erta taşxis qöyiş va samarali davolaş sohasidagi işlarimizni yangi bosqiçga kötariş böyiça katta vazifalar turibdi.

Yaqinda soha vakillari bilan bölgan uçraşuvda ana şu masalalar haqida, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy va ma’naviy qöllab-quvvatlaş töğrisida batafsil gaplaşib oldik.

Bunday dolzarb vazifalarni hal etişda sizlar yanada yuksak samara bilan mehnat qilib, sohani jadal rivojlantirişga bundan buyon ham munosib hissa qöşasiz, deb işonaman.

Qutluğ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga mustahkam soğliq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik va şarafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman”, deydi Özbekiston yetakçisi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing