Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon elchisini taqdirladi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, davlat rahbari Ozarbayjon elchisining samarali faoliyati hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etgan.

Oliy va boshqa darajalarda jadal muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishilgan: so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi karrasiga oshgan, Ozarbayjon sarmoyasi ishtirokida 280 ta korxona tashkil etilgan, Qo‘shma investitsiya kompaniyasi ta’sis qilingan.

Ayni paytda geologiya, qishloq xo‘jaligi, transport, shaharsozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirgan.

Madaniy-gumanitar almashinuv sohasida ham muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari elchi Guseyn Guliyevga O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun “Mehnat shuhrati” ordenini topshirgan.

Elchi, o‘z navbatida, uning diplomatik missiyasiga berilgan yuksak baho hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik rivojini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mamlakat yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Guseyn Guliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing