Shavkat Mirziyoyev Matviyenkoni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tilagan.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga ikki mamlakat parlamentlari faol hissa qo‘shayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Parlamentlar yuqori palatalari hamkorligi bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishlari har yili o‘tkazib kelinmoqda. MDH Parlamentlararo assambleyasi doirasidagi aloqalar ham samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Muloqot yakunida O‘zbekiston yetakchisi ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashib, O‘zbekistondagi ilk AES qurilishini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Valentina Matvienko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing