Shavkat Mirziyoyev “qora shahzoda” bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Jamiyat

image

Kecha, 29 mart kuni Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni podshohligi valiahdi, vazirlar mahkamasi raisi Muhammad bin Salmon Al Saud bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bir-birlarini o‘tgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr munosabati bilan yana bir bor samimiy qutlagan.

Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan keskin vaziyat, qarama-qarshiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etilgan.

Bunday xatti-harakatlarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni to‘liq bartaraf etish nafaqat bu yerdagi davlatlarning manfaatlariga, balki global barqarorlikni ta’minlash maqsadlariga xizmat qilishi ta’kidlangan.

O‘zbekiston yetakchisi bunday sinovli kunlarda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni hahbariyati va birodar xalqi bilan birdam hamda yakdil ekanini qayd etib, podshohlikning vazmin va oqilona siyosatini har tomonlama qo‘llashini bildirgan.

O‘zbekiston Prezidenti hozirda ushbu mamlakatda Umra amallarini bajarayotgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak va yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar uchun Podshoh Salmon bin Abdulaziz Al Saudga va valiahd shahzodaga alohida minnatdorlik izhor etgan.

O‘z navbatida, Muhammad bin Salmon Al Saud O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan samimiy xayrixohlik va do‘stona qo‘llab-quvvatlovni yuksak qadrlashini ma’lum qilgan. Ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun oliy darajadagi muloqotlarni va muvofiqlashtirilgan qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib olingan.

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev qora shahzoda Muhammad bin Salmon Al Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing