Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni kutib oldi
Jamiyat
−
26 mart 3279 1 daqiqa
Bugun, 26 mart kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Tojikiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan Toshkent shahriga tashrif buyurgan. Toshkent xalqaro aeroportida oliy mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib olgan.

“Davlat tashrifi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik va munosabatlarni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida qatnashish uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgandi.
Live
Barchasi