Shavkat Mirziyoyev BAA vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida vazir davlat rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Al Nahayon, mamlakat Bosh vaziri, Vitse-prezidenti va Dubay Amiri Shayx Muhammad Al Mahtum hamda Vitse-prezident Shayx Mansur Al Nahayonning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston – BAA do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib, ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik mustahkamlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Davlat xizmati mexanizmlarini takomillashtirishning 10 ta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutuvchi qo‘shma “yo‘l xaritasi” izchil amalga oshirilmoqda. BAAning byurokratiyani qisqartirish sohasidagi ilg‘or tajribasi joriy etilmoqda. Tegishli dastur doirasida loyiha ofisi ishga tushirilgan.

Hozirga qadar qamrovi bir milliondan oshgan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” ta’lim dasturini amalga oshirish natijalari ham e’tirof etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing