Shavkat Mirziyoyev Angren shahridagi 2-sonli ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Angren shahridagi 2-sonli ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi.

Bo‘lim uchun yangi bino barpo etildi. Tezkor navbatchilik qismi va xizmat xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Profilaktika, tergov, jinoyat-qidiruv bo‘linmalari, pasport xizmati, psixolog faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Davlat rahbarining joriy yil 29 maydagi qaroriga muvofiq Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Ushbu eksperiment doirasida viloyat, tuman va shahar darajasidagi tuzilmalarni maqbullashtirib, 86 foiz xodimlarni quyi bo‘g‘inga tushirish belgilangan. Angren shahrida ham bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan.

Jinoyatchilik jilovlansa, xalqimiz xotirjam, davlatdan rozi bo‘ladi. Buning uchun hamma huquqni muhofaza qilish organlari yanada jips ishlashi, aholiga yaqin bo‘lishi kerak. Shunda huquqbuzarliklarning oldi olinib, jinoyatga o‘rin qolmaydi, - dedi Prezident.

Ichki ishlar, Milliy gvardiya, prokuratura, sud va boshqa organlar hamkorligini kuchaytirish, bo‘linmalarning tezkorligini oshirish va maksimal darajadagi harakatchanligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing