Shohjahon Ergashev raqibini 1-raundda nokautga uchratdi (video)
Sport
−
18 yanvar 2020 15176 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatidagi 18-jangini o‘tkazdi. Jang taqdiri birinchi raunddayoq xal bo‘ldi.
Ergashev AQSHning Ayova shtatida meksikalik Adrian Estrellaga qarshi ringga chiqdi. Shohjahon 10 raundga mo‘ljallangan jangda raqibini 1-raundning o‘zidayoq (1:28 daqiqa) nokaut qilishga erishdi.
Bu Ergashevning faoliyatidagi 16-nokautdir. U faqatgina 2 ta jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘olib bo‘lgan.
Live
Barchasi