Serbiyaga O‘zbekistonning birinchi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
08 iyul 2025 2645 1 daqiqa
O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilingan va O‘zbekiston-Serbiya munosabatlarini yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdorlik bildirgan. Xorijiy tomon O‘zbekistonning Serbiyaga birinchi elchisi tayinlanganini olqishlab, bu qadam ikki tomonlama hamkorlikning butun yo‘nalishiga yangi sur’at bag‘ishlashini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Shaxavdinov 2024 yil 13 dekabr kuni Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs-Musarga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Oybek Shaxavdinov, shuningdek, O‘zbekistonning Vengriyadagi birinchi, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Xorvatiya va Chernogoriyadagi elchisi hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025