Saudiyada ilk bor ayol kishi FIFA hakami bo‘ldi
Sport
−
09 yanvar 2023 3869 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida birinchi marta ayol kishi xalqaro hakam etib tayinlandi. Bu haqda “Arabian Daily” nashri xabar berdi.
FIFA birinchi marta Saudiya Arabistonidan bo‘lgan 34 yoshli Anoud Al-Asmariyni xalqaro hakam etib tayinlaganini ma’lum qildi.
“Men Saudiya sport tarixida xalqaro hakam ko‘krak nishoni olgan birinchi ayol ekanligimdan xursandman”, deydi Asmariy.
Ma’lumot uchun, hozirda Saudiya Arabistonida ayollar sportiga imkoniyatlar eshigi ochila boshladi. Jumladan, 2021 yil noyabr oyida boshlangan ayollar futbol ligasi buning yorqin misolidir. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogini o‘tkazish uchun ariza bergan.
Shu kungacha Al-Asmariydan tashqari, Saudiya Arabistonidan yetti nafar erkak xalqaro toifadagi hakam etib tayinlangan.
Avvalroq, futbol tarixida ilk bor ayol hakam o‘tgan yilda bo‘lib o‘tgan Germaniya va Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-tur uchrashuvini bosh hakam sifatida boshqarib borgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi