Saudiya klublari Salohning maoshini uch baravar oshirishga tayyor – OAV
Sport
−
12:48 577 1 daqiqa
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klublari “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni o‘z safiga jalb qilish uchun uning maoshini uch baravar oshirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar 33 yoshli misrlik futbolchi taklifni qabul qilsa, uning haftalik daromadi 1,38 million yevrogacha yetishi mumkin.
Saudiya klublari Krishtianu Ronaldu yaqin oylar ichida o‘z klubini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida, Salohni liga uchun yangi yulduz sifatida ko‘rmoqda.
Shuningdek, “Liverpul” ham futbolchini qo‘yib yuborish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Bunday qaror klubning maosh xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Bundan tashqari, “qizillar” hujumchi transferidan katta mablag‘ ishlab olishni va ehtimoliy kelishuvni 2026 yilgi Jahon chempionatidan oldin yakunlashni rejalashtirayotgani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhammad Saloh jamoasining noyabr oyidagi ikkita o‘yinida zaxira o‘rindig‘ida qoldirilganidan so‘ng klubdagi holatdan noroziligini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi