Saudiya futbolchilari mundialga chiqqani uchun mukofotlanadi

Sport

image

Saudiya Arabistoni Futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoa futbolchilariga yirik pul mukofoti berilishini e’lon qildi. Bu haqda “Masrawy” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Yashil burgutlar” (Saudiya Arabistoni terma jamoasi) turnir final bosqichiga chiqqani uchun har bir futbolchiga 5 million Saudiya riyali (taxminan 1,33 million AQSH dollari) miqdorida mukofot puli ajratiladi.

Federatsiya rasmiylari bu tashabbus futbolchilarning mehnatini e’tirof etish va ularning saralash bosqichidagi yuksak natijalarini munosib rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni terma jamoasi Osiyo mintaqasi saralash bosqichining 3 bosqichida Yaponiya, Avstraliya, Indoneziya, Xitoy va Baxrayn terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin egallab, yakuniy guruhda 3-o‘rinni egallagan holda, pley-off bosqichiga yo‘llanma olgan edi. Bu bosqichda esa Indoneziya va Iroq terma jamoalari bilan uchrashuvlarda 4 ochko to‘plagan holda, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Jahon chempionati Futbol federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing