Saroyda qirolga “ko‘z-quloq bo‘lgan” xodimga 64 ming dollar to‘lanadi

Bu qiziq

image

Buyuk Britaniya qirolining Bukingem saroyida ba’zan bo‘sh ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. Bu safar noodatiy “barqarorlik menejeri” lavozimi joriy etildi. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar berdi. 

Lavozim oddiy eshitilsada, unga katta vazifa ishonib topshiriladi. Ushbu a’yonning vazifasi qirolning uglerodni qanday kamaytirishini diqqat bilan kuzatishdir. 

Gap shundaki, Buyuk Britaniya hukumati uglerodni nol darajaga yetkazish uchun muntazam kurashadi. 74 yoshli Charlz III hatto ekologik kun tartibiga katta e’tibor qaratgani uchun “Iqlim qiroli” laqabini olgan. Shuningdek, u o‘simliklar bilan muloqot qilishni va daraxtlarga qo‘l silkitishni yaxshi ko‘radi.

“Qirollik uyi o‘z faoliyatida ekologik barqarorlikni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Biz karbonat angidrid chiqindilari va energiya sarfiga qarshi choralar ko‘rish orqali sayyoramizga bo‘lgan ta’sirimizni kamaytirishga intilamiz”, deb yozilgan ish tavsifida.

Bukingem saroyidagi maoshlar juda katta. Xususan, saroy yangi menejerga yiliga 50 ming funt sterling (64 ming AQSH dollari) to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu oddiy ish haqidan bir muncha yuqori. Chunki Buyuk Britaniyada o‘rtacha ish haqi yiliga 33 ming funt (taqriban 42 ming dollar)ni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Charl'z III Bukingem bo'sh ish o'rni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing