Samarqandning ikkita tumanida 964 mlnlik elektr o‘g‘rincha ishlatilgan
3-sahifa
−
02 fevral 2022
4615Samarqand viloyatidagi ikkita tumanda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 964 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Narpay tumanida “A.O.” oilaviy korxonasi rahbari S.I. payvandlash va boshqa uskunalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 830,3 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Xuddi shunday holat Paxtachi tumanida ham kuzatilgan. Unga ko‘ra, fuqaro I.B. o‘z xonadonida toshni kesish, ishlov berish va pardozlash xizmatini ko‘rsatish uchun “F.B.” oilaviy korxonasini tashkil etib, tegirmon va boshqa uskunalarni o‘rnatib, elektr ta’minoti korxonasi ruxsatisiz, o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib foydalangan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 133,8 million so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikkasi Jinoyat kodeksining 1852moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi