Samarqanddagi elektr tarmoqlari boshqaruvi Turkiya kompaniyasiga o‘tdi

Jamiyat

image

Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi xalqaro tender g‘olibi deb topildi va 30 yil muddatga Samarqand viloyati elektr energiyasi taqsimlash tarmoqlarini boshqarish huquqini oldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy kapitalni mobilizatsiya qilish” mavzusidagi III Davlat-xususiy sheriklik davra suhbati doirasida Aksa Enerji kompaniyasiga g‘oliblik taqdimnomasi topshirilgan.

“Aksa Enerji” 1960 yilda tashkil etilgan “Kazanci Holding” tarkibiga kiradi. Xolding nafaqat energetika, balki qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida ham loyihalar ishlab chiqadi. Kompaniya, shuningdek, Turkiya, Gana, Madagaskar, Mali va Kongo kabi bir qator mamlakatlarda elektr stansiyalarini qurmoqda.

Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda ham bir qancha loyihalarni amalga oshirgan: 2022 yil yanvarda Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi, shu yilning yanvar oyida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan IES ishga tushirilgan.

Ma’lumot uchun, davlat-xususiy sheriklik dasturiga ko‘ra, 2027 yil 1 iyulgacha barcha hududlardagi taqsimlovchi elektr tarmoqlarini xususiy operatorlarga o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, energetika tizimi tashkilotlari 2025 yil 1 oktyabr sanasidan rasman kuz-qish mavsumiga kirib keldi. Shu munosabat bilan, magistral elektr tarmoqlarida 2025/2026 yil kuz-qish mavsumigacha amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, mavsum davomida bajariladigan ishlar yuzasidan hisobot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing