Samarqandda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabi rahbari o‘qituvchilarni ta’til vaqtida majburiy mehnatga jalb qilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Kattaqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganilib, tashkil etilgan suhbat jarayonida ayrim o‘qituvchilar o‘z tashabbuslariga ko‘ra maktab ta’mirida ishtirok etganligini, ayrimlari esa maktab direktori tomonidan mehnatga jalb etilganligini bayon qilishgan.

O‘rganishlar davomida maktabda boshqa kamchiliklar ham aniqlangan. Ushbu holatlarni inobatga olib, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘z arizasiga ko‘ra bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing