Samarqandda maktab kotibasi o‘quvchini kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 10 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi 71-maktabda maktab kotibasi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini urgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hozirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tuzilib, vaziyat o‘rganilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“O‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahridagi maktabda dars jarayonida o‘qituvchi darsga kech kelgani va mashg‘ulotlarni o‘tishda xalaqit qilgani vaji bilan o‘quvchini urgani uchun ishdan bo‘shatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Qo'shrabot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing