Samarqandda kanalga tushib ketgan Matiz haydovchisi amakisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Narpay tumanida mast holda avtomobil boshqargan haydovchi amakisining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar berdi. 

Joriy yilning 19 noyabr kuni tonggi 05:20 larda Narpay tumanida mast holda Matiz rusumli avtomashina boshqarib kelayotgan haydovchi tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib kanalga tushib ketgan. Haydovchi mashinadan chiqishga ulgurgan. Avtomobilda bo‘lgan yana bir mast yo‘lovchi esa voqea joyida ko‘p suv yutishi natijasida halok bo‘lgan. 

“Voqea sodir bo‘lgan hududda yo‘lning belgilangan qismiga chiziqlar chizilmagan, yo‘llar yoritilmagan, ko‘priklar ham ta’mirlanmagan. Bu masalada tegishli mutasaddi organlarga murojaat qilindi”, deydi Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Zokir Qayumov.

Ma’lum bo‘lishicha, mashina YTH sodir etgunga qadar soz holatda bo‘lgan. Vafot etgan inson haydovchining amakisi bo‘lib, ular mast holda spirtli ichimlik xarid qilish uchun yo‘lga chiqqan.  

“Maktabda qorovul bo‘lib ishlayman. Amakim ikkimiz qorovulxonada ozroq spirtli ichimlik ichdik. Yana “aroq” sotib olish uchun kanal atrofidagi do‘konga bordik. Lekin kech bo‘lib qolgani sabab topa olmadik. Qaytishda uyqum kelib, karaxtlashdim va boshqaruvni yo‘qotdim. Yo‘l belgisiga urilib, kanalga tushib kettik. Mashina eshigini ochib suzib chiqqanimni elas-elas eslayman. Keyin xushimni yo‘qotdim”, deydi haydovchi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB tomonidan surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing