Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiyasiga start berildi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2019
2905Kecha, 6 sentyabr kuni Samarqand xalqaro aeroportining turargohi hamda uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur rekonstruksiya ishlari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Rekonstrauksiya ishlarining birinchi bosqichiga 150 dan ortiq transport va texnika vositalari jalb etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26 iyun kuni Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Samarqand xalqaro aeroportida bo‘lib, rekonstruksiya loyihasi bilan tanishgan edi.
Aeroportda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.
Davlat rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poyezd va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.
LiveBarchasi