Samarqand hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
14:03 1211 1 daqiqa
Bugun, 15 sentyabr kuni Rustam Qobilov va Jo‘rabek Suyunov Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevning o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarorlari imzolandi.
Qayd etilishicha, Rustam Rajabboyevich Qobilov yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Rustam Qobilov mazkur tayinlovga qadar viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Samarqand viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan, Jo‘rabek Bahriddinovich Suyunov Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Jo‘rabek Suyunov mazkur tayinlovga qadar viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamshid Fazliddinovich Sharopov – Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi