Salom, Qozog‘iston! “Uzbekistan Airways” 15 yanvardan Olma-otaga parvozlarni tiklamoqchi
Jamiyat
−
13 yanvar 2022
2393Joriy yilning 15 yanvaridan boshlab, “Uzbekistan Airways” Qozog‘istonning Olma-ota shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra:
• Toshkent–Olma-ota–Toshkent;
• Samarqand–Olma-ota–Samarqand;
• Nukus–Aktobe–Nukus;
• Urganch–Aqtau–Urganch;
• Nukus–Aqtau–Nukus;
• Urganch–Aqtau–Urganch;
• Nukus–Aqtau–Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Qozog‘istonning Nur-sulton shahri bilangina havo aloqalari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Qozog‘istondagi namoyishlar ortidan Olmaota va Aqto‘be shaharlariga, “Uzbekistan Airways” AJ esa Olmaota, Aqto‘be va Aqtauga parvozlarni bekor qilgan edi.
Avvalroq, Olma-ota aeroporti bugun, 13 yanvar kuni faoliyatini tiklashi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi