Saida Mirziyoyeva Gonkongdagi yirik xolding boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri – “Henderson Land Group” boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Uning bildirishicha, uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalari muhokama qilingan.

“Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Shuningdek, u O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing