Rossiyaning Ukrainaga raketa “yomg‘iri” NATOni harakatlanishga undadi – Makron
Olam
−
12 Oktabr 2022 8689 2 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yaqin haftalar ichida NATOning sharqiy qanotidagi harbiylarini qo‘shimcha qo‘shinlar, tanklar va qurollar bilan kuchaytirishini ma’lum qildi, deb yozmoqda BBC news.
Bu qaror Rossiya Ukrainadagi urushni butun mamlakat bo‘ylab yirik raketa zarbalari bilan kuchaytirgan vaqtda va Prezident Makronning Ukrainaga 100 million yevrolik qurol ajratish haqidagi e’lonidan keyin ma’lum qilindi.
“NATOning sharqiy qanotidagi vaziyatni va Ukrainadagi janglarning shkalasini hisobga olib, Emmanuel Makron Yevropaning Sharqiy qanotdagi mudofaa pozitsiyasini mustahkamlashga qaror qildi”, deydi Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu Senat mudofaa qo‘mitasining tinglovida.
NATO missiyasining asosiy davlati bo‘lgan Ruminiyada ayni vaqtda 350 nafar fransuz, shuningdek, Belgiya va Gollandiya askari bor. Kelgusida Fransiya mamlakatda o‘nlab zirhli piyoda mashinalarini (VBCI) va o‘nlab Leclerc tanklarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu Parij noyabr oyida hududdagi kontingentini ikki baravar oshirayotganini anglatadi, deydi Lekornu.
Shuningdek, u Litvada fransuz harbiy kuchlari modernizatsiya qilinishini, u yerda Rafale qiruvchi samolyotlari joylashtirilishini va Estoniyada qo‘shimcha 100 nafar piyoda askarlar joylashtirilishini aytdi.
Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, NATOning Sharqiy Yevropadagi mudofaa pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan harakatlar joriy yilda Fransiya uchun 600-700 million yevroga tushadi.
Fransiya Prezidenti Parij Ukrainaga 6 ta "Caesar" qurolini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi. Bundan oldin 18 ta xuddi shu turdagi qurollar Kiyevga yetkazib berilgan edi. Fransiya artilleriyasining flagmani bo‘lgan ushbu 155 mm qurollar 40 kilometr masofadagi nishonlarni yo‘q qila oladi.
Musulmon Ziyo
Live
Barchasi