Rossiyadan xavfsiragan qo‘shnilari chegarani kuchaytirmoqda

Olam

image

Polsha Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegarasida elektron to‘siq qurishni boshladi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Mariush Kaminski ma’lum qildi.

“Polsha-Rossiya chegarasida elektron to‘siq qurilishi boshlandi. Ish shu yilning kuzida yakunlanadi. Biz Rossiya bilan chegarada sodir bo‘layotgan voqealarni to‘liq kuzatib boramiz”, deydi vazir.

Chegaraning 199-kilometrida elektron to‘siq, ya’ni kameralar va harakat datchiklari tizimi o‘rnatiladi. U Rossiya bilan butun quruqlik chegarasini qamrab oladi. Vistula bo‘linmasi esa bundan mustasno, chunki u yer allaqachon bir necha yillardan buyon elektron qurilmalar bilan qo‘riqlab kelinmoqda.

Xavfsizlik to‘sig‘i qismi o‘n ikkita funksional qismga bo‘linadi. Unda 2 mingga yaqin videokuzatuv ustunlari, 3 mingta videokamera va 700 kilometr uzunlikdagi quvvat, uzatish va signal kabellari o‘rnatiladi.

Kaminskiyning aytishicha, Rossiya bilan chegaradagi to‘siq xuddi Belarus bilan chegaradagi kabi aql bovar qilmaydigan darajada zamonaviy bo‘ladi.

“Ishonchim komilki, bizning sharqiy chegaramiz va sharqiy qo‘shnilarimiz inqirozli vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday noqonuniy harakatlarga mukammal darajada tayyor bo‘ladi. Aminmanki, bu Yevropa Ittifoqidagi eng yaxshi himoyalangan chegara bo‘ladi”, degan Mariush Kaminski.

Elektron to‘siqni qurish uchun 373 million zlotiydan ortiq (83 million dollardan ortiq), jumladan, chegaraning ayrim uchastkalarida relefni mustahkamlash uchun 42 million zlotiy (9 million dollardan ortiq) mablag‘ ajratilgan.

Chegara xizmati matbuot kotibi leytenant Anna Mixalska esa Bezlediy va Sempopoldagi chegara postlari hududida qurilish ishlari boshlanganini ma’lum qilgan. Yo‘lning chegara chizig‘idagi birinchi ishlar kuzatuv kameralari uchun ustunlar poydevorini qo‘yish, elektr va uzatish kabellarini yotqizishdan iborat ekani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Finlyandiya Rossiya bilan chegarasidagi devorning 75 kilometrlik qismini qurishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya chegara Pol'sha elektron to'siq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing