Rossiyada o‘tgan sutkada koronavirusga chalinganlar 5 mingdan oshib ketdi

Olam

image

Oxirgi sutkada Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni kuniga 5 205 nafarga ortib, ushbu xastalikka chalinganlarning  umumiy soni 1 020 310 kishiga yetdi. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni yangi infeksiya tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab xabar berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra,  ushbu ko‘rsatkichning kunlik o‘sishi uch hafta davomida 0,5% dan oshmagan. 

Kundalik eng past o‘sish sur’atlari Nenetsk avtonom okrugi (0%), Moskva viloyati (0,2%), Moskva, Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi, Tula va Smolensk viloyatlari, Tiva Respublikasi va Checheniston Respublikasida (har biri 0,3%) qayd etilgan. 

Xususan, Moskvada - 671, Sankt-Peterburgda - 195, Moskva viloyatida - 168, Nijniy Novgorod viloyatida - 154 va Rostov viloyatida - 144 ta yangi holat aniqlangan. 

Hozirda Rossiya Federatsiyasida 164 425 bemorning davolanishi davom etmoqda. 

Oxirgi 24 soat ichida Rossiyada ilgari koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 5 379 nafari sog‘ayib, jami tuzilganlar 838 126 nafarni tashkil etgan. Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, davolanganlarning ulushi bemorlar umumiy sonining 82,1 foiziga to‘g‘ri kelmoqda. 

Xususan, o‘tgan sutkada Moskvada - 1312, Voronej viloyatida - 234, Volgograd viloyatida - 216, Moskva viloyatida - 137 va Kemerovo viloyatida - 124 kishi kasallikdan tuzalgan. 

Rossiyada koronavirus tufayli o‘lganlar soni 4 sentyabr kuni 110 nafarga ko‘paygan. 3 sentyabr kuni ushbu ko‘rsatkich 121 kishini tashkil etgandi. Bugungacha ushbu infeksiyadan vafot etganlar esa 17 759 nafarga yetgan.  Bu bemorlarning 1,7 foizi degani. 

4 sentyabr kuni Sankt-Peterburgda - 19 ta, Moskvada - 11 ta, Voronej, Sverdlovsk va Novosibirsk viloyatlarida - 5ta o‘lim qayd etilgan. Yana 32 ta hududda o‘limlar soni to‘rt kishidan oshmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Koronavirus

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing