Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan ona va bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
25 aprel 2025 3321 1 daqiqa
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga tezkor yordam ko‘rsatib, ularning Toshkentga qaytishiga ko‘maklashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston diplomatlari M.T. ning Novosibirsk shahrida dunyoga kelgan qiz farzandi uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishda zarur yordam ko‘rsatgan. Amalga oshirilgan konsullik harakatlari natijasida barcha rasmiyatchiliklar qisqa muddatda hal etilgan va zarur hujjatlar O‘zbekiston M.T. ga topshirilgan.
Bildirilishicha, ona va bola joriy yilning 23 aprel kuni “Novosibirsk-Toshkent” aviareysi bilan O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Rossiyaning Novosibirsk viloyatida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistonga qaytarilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025