Rossiyada Qozog‘iston fuqarosi qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 28 aprel kuni Rossiyadagi Buryatiya Respublikasida kon hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘lishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida Qozog‘iston fuqarosi ham borligi aniqlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Muyskiy tumanida yuz bergan. To‘qqiz nafar ishchi yo‘lni tozalayotgan paytda qor ko‘chkisi tushgan. Oqibatda 6 kishi qor ostida qolib, halok bo‘lgan. Yana 3 kishi esa, omon chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Bugun, 29 aprel kuni halok bo‘lgan 6 kishining jasadi topib chiqarilgan. Rossiya huquq-tartibot organlari halok bo‘lganlardan biri Qozog‘iston fuqarosi, qolganlari esa, Rossiya fuqarolari ekanini tasdiqlagan.

Hozircha, marhum bilan bog‘liq ma’lumotlar e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladikavkaz shahridagi Internatsionalnaya va Partizansk tor ko‘chalari burchagida chiqindi konteynerlarini yuklash paytida portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda o‘zbekistonlik mehnat muhojiri halok bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qor ko'chkisi Qozog'iston fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing