Rossiyada ishonchli yadro qalqoni mavjud – Putin
Olam
−
21 avgust 8768 2 daqiqa
Rossiyada ishonchli yadro qalqoni ishlab chiqilgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 20 avgust kuni Rossiya atom sanoatining 80 yilligi munosabati bilan soha ishchilari va faxriylariga yo‘llagan tabrigida so‘z ochdi.
Davlat rahbari sohadagi ishlar, jumladan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, yadroviy sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar davom etishiga ishonch bildirdi.
“Ishonchim komilki, siz oldinga intilasiz, tadqiqotlaringizni ko‘paytirasiz va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lini davom ettirasiz”, dedi Putin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yadro loyihasining taniqli asoschilari, iste’dodli olimlar, muhandislar va mutaxassislar avlodlari nomlari bilan haqli ravishda faxrlanadi.
“Ularning kasbiy mahorati va fidoyi mehnati tufayli o‘tgan yillarda yuzlab yangi korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari ishga tushirildi, yagona ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi barpo etildi, vatan uchun ishonchli yadro qalqoni shakllantirildi” dedi Putin.
Uning aytishicha, 1945 yilda atom sanoatining tashkil etilishi mamlakat tarixidagi "chinakam davr voqeasi” bo‘lib, ichki iqtisodiyot, energetika, sog‘liqni saqlash va mudofaa sanoatining rivojlanishini belgilab bergan.
Ma’lumot uchun, 1945 yil 20 avgust Rossiya atom sanoatining tug‘ilgan kuni sanaladi. Shu kuni SSSR Davlat mudofaa qo‘mitasining farmoni bilan SSSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Birinchi Bosh Boshqarma tashkil etilgan, unga yadro loyihasini nazorat qilish vazifasi yuklangan.
1954 yilda Obninskda dunyodagi birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirilgan. “Lenin” yadroviy muzyorar kemasi SSSRda 1950 yillarning oxirida qurilgan atom elektr stansiyasiga ega dunyodagi birinchi yerusti kemasidir. 2025 yilda Rossiya atom sanoati tashkil topganining 80 yilligini nishonlaydi.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, atom sanoati Rossiyaning texnologik qudratini o‘zida mujassam etgan. “Rosatom” davlat korporatsiyasi jamoasi esa o‘zidan oldingilarning ijodiy an’analarini saqlaydi va rivojlantiradi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr