Rossiyada ikki oyog‘idan ayrilib, xotirasini yo‘qotgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
09 iyul 2021
6873Rossiyaning Novosibirsk shahrida ikki oyog‘idan ayrilib, xotirasini yo‘qotgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi hamkorligida G.N ismli fuqaro Novosibirsk – Samarqand aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.
Bundan bir necha yillar ilgari ishlash maqsadida Novosibirsk shahriga kelgan fuqaroning hayoti shifokorlar yordamida saqlab qolingan. Bundan tashqari, u xotirasini ham yo‘qotgan.
Fuqaroga Bosh konsulxona tomonidan “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, homiylik mablag‘lari hisobidan aviachipta sotib olishga ko‘maklashilgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi