Rossiyada -53 darajagacha sovuq kutilyapti
Bu qiziq
−
05 yanvar 2023 24867 2 daqiqa
Yaqin kunlarda Rossiyaning Yevropa qismidagi hududlarda 34-47 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Yaqutiston, Magadan viloyati va Chukotkada havo harorati -48-53 darajagacha tushadi. Bu haqda Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari Roman Vilfand ma’lum qildi.
“Yaqin kunlarda mamlakatning yarmidan ko‘pida juda sovuq ob-havo kuzatiladi. Ko‘pgina hududlar eng kuchli harorat anomaliyalari bilan qoplanadi. Nenets avtonom okrugining Arxangelsk viloyatida 5-9 yanvar kunlari havo harorati 30-37 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Komida – 30-39 daraja sovuqgacha, Kareliyada – 26 darajagacha sovuq, Vologda viloyatida – 33 darajagacha sovuq, Sankt-Peterburgda – 23-25 darajagacha sovuq bo‘ladi”, deydi u.
Vilfandning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy-G‘arbiy Federal okrugi hududlarida havo harorati iqlim me’yoridan 8-19 daraja, Janubiy Federal okrugi hududlarida esa me’yordan 7-11 daraja past bo‘ladi.
Ural federal okrugi hududlarida havo harorati 5 yanvardan boshlab me’yordan 11-20 daraja past bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
“Sverdlovsk viloyatida 5-9 yanvar kunlari 34 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Chelyabinsk viloyatida – 33-34 daraja sovuqgacha, Qo‘rg‘on viloyatida – 25-30 daraja sovuqgacha, Tyumen viloyatida ham taxminan shunday harorat, lekin Uralning shimolida butunlay sovuq kutilmoqda. Yamalo-Nenets, Xanti-Mansi avtonom okruglarida – 45-47 darajagacha sovuq”, deydi meteorolog.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, eng sovuq ob-havo yaqin kunlarda Magadan viloyati, Yoqutiston va Chukotkada bo‘ladi, u yerda havo harorati 48-53 daraja sovuqqa tushadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr