Rossiyada harbiy xizmatga chaqirilganlarning pasportlarini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Kengashi rossiyaliklarning pasportlarini haqiqiy emas, deb topish va ularni harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganda davlat ixtiyoriga topshirish qoidalariga aniqlik kirituvchi qonunni yoqlab ovoz berdi. Bu haqda “Interfax” xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi fuqarosining pasportini harbiy xizmatga yoki muqobil fuqarolik xizmatiga chaqirilishi munosabati bilan ushbu hujjatni bergan organga saqlash uchun topshiriladi. 

Belgilanishicha, pasport egasiga Rossiya Federatsiyasi fuqarosining ketish huquqini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida pasport o‘tkazilishi mumkin.

Bunday pasport ushbu vaqtinchalik cheklov muddati tugaguncha yoki uning amal qilish muddati yakunlanganiga qadar saqlanadi.

Xuddi shu sxema Federal xavfsizlik xizmatida harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarning pasportlarini o‘sha kundan boshlab besh yilgacha bo‘lgan muddatga o‘tkazishni nazarda tutadi.

Bunday hollarda pasportni saqlash, qabul qilish, hisobga olish, saqlash va egasiga qaytarish tartibi Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan belgilanadi.

Keltirilishicha, davlat sirlariga ega bo‘lgan fuqaroning pasportini uzrli sabablarsiz vakolatli organlarga topshirmaslik pasportning haqiqiy emas deb topilishiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya harbiy xizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing