Rossiya yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘ryapti – OAV
Olam
−
11 dekabr 2020 19407 1 daqiqa
Rossiyaning yadroviy kuchlari mashg‘ulot o‘tashga kirishdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning “The Daily Mail” nashri yozmoqda. Nashr, shuningdek, Moskvani "yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rishda" va "G‘arb bilan ziddiyatni kuchaytirganlikda" aybladi.
Britaniyalik siyosiy sharhlovchilarning ayrimlari bu fikriga qo‘shilmadi. Ularning fikricha, dunyodagi barcha mamlakatlar bu kabi mashg‘ulotlarni o‘tkazib kelmoqda.
“Bunda ajablanadigan narsa yo‘q. Har bir davlat harbiy sinovlarni o‘tkazadi”, deya fikr bildirgan ulardan biri.
Yana bir sharhlovchining so‘zlariga ko‘ra, “Qo‘shma Shtatlar har yili bir nechta qit’alararo ballistik raketalarni (QBT) va suvosti ballistik raketalarni (SBR) sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek, o‘quv bombalarini ham sinab turadi”.
Birlashgan Qirollik Mudofaa vazirligi nashrda e’lon qilingan ushbu ma’lumotga rasmiy munosabat bildirmagan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28