Rossiya va Ukraina qayerda muzokara ötkazişi ma’lum böldi
Olam
−
20:22 2736 3 daqiqa
Rossiya, Ukraina va AQŞ delegatsiyalari örtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi BAA poytaxti Abu-Dabida yoki Şveysariyada bölib ötişi mumkin. Bu haqda amerikalik mulozimlarga tayanib, “Sky News” va “Reuters” xabar berdi.
Manbalarning ma’lumotlariga köra, uçraşuv katta ehtimol bilan yaqin ikki hafta içida bölib ötadi. “Sky News” suhbatdoşining aniqlik kiritişiça, muzokaralardan maqsad keyinçalik yetakçilar darajasidagi uçraşuvni ötkaziş hisoblanadi, biroq buning uçun hali juda katta hajmdagi işlarni amalga oşiriş zarur.
“Reuters”ning yozişiça, ötgan kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Rossiya, Ukraina va AQŞ muzokaraçilari noyabr oyining birinçi yarmida Abu-Dabida texnik darajada uçraşişga kelişib olganini ma’lum qilgan. U, şuningdek, bundan söng uşbu mamlakatlar yetakçilarining uçraşuvi bölib ötişiga umid bildirgan.
Joriy yilning 21 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg şahrida Amerika yetakçisining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan muzokaralar ötkazgan. Uçraşuvning asosiy mavzusi Ukrainadagi nizoni bartaraf etiş bölgan.
Uçraşuvdan söng Prezident yordamçisi Yuriy Uşakov Rossiya, AQŞ va Ukrainaning uç tomonlama muzokaralarining yangi raundi 2026 yil noyabr oyi örtalarida Abu-Dabida bölib ötişi mumkinligini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, Moskva muzokaralar jarayonini oyning birinçi yarmida qayta boşlaşga tayyor. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov keyinroq tomonlar uçraşuv maydoni sifatida Abu-Dabini körib çiqayotganini aytgan.
Uşakov, şuningdek, muzokaralardagi Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy va harbiy qömondonlik vakillari kirişi mumkinligini istisno etmagan.
Putinning özi Ukraina böyiça uç tomonlama muzokaralarni qayta boşlaş haqidagi kelişuvga AQŞ ma’muriyati vakillari bilan muloqotlar davomida erişilganini tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, uçraşuvdan maqsad tinçlik kelişuvlariga erişilganidan söng Ukraina va Rossiya xavfsizligini ta’minlaş masalasini muhokama qilişdan iborat böladi.
Eslatib ötamiz, Rossiya, Ukraina va AQŞ örtasidagi dastlabki uçta uç tomonlama muzokaralar raundi 23–24 yanvar, 4–5 va 17–18 fevral kunlari bölib ötgan edi. Navbatdagisi 5–8 mart kunlari BAA poytaxtida ötkazilişi rejalaştirilgandi, biroq AQŞning Eronga qarşi operatsiyasi boşlangani sababli uni qoldirişga töğri keldi.
Abu-Dabidagi dastlabki ikki raund davomida Rossiya delegatsiyasiga Boş ştab Boş boşqarmasi boşliği admiral Igor Kostyukov boşçilik qilgan. Uning tarkibiga Mudofaa vazirligi vakillari ham kirgan edi.
Live
Barchasi