Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
22 Oktabr 2025 7107 2 daqiqa
Bugun, 22 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya kuchlari Ukrainaga yana keng ko‘lamli dron hujumlarini uyushtirdi. Hujum oqibatida 2 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxt Kiyevda ikki kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohat olgan. Halok bo‘lganlardan biri biri Dneprovsk tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida vafot etgan.
Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Temur Tkachenko axborotiga ko‘ra, Pechersk, Dneprovsk, Darnitsa, Desnyansk va Solomenskiy tumanlarida talofotlar qayd etilgan. Hujumlar sabab poytaxt va viloyatda favqulodda elektr o‘chishlari joriy etilgan, Dnepropetrovsk viloyatida ham elektr ta’minoti uzilgan.
Ukraina Energetika vazirligi mamlakat energetika infratuzilmasiga qaratilgan ommaviy raketa va dron hujumlari tufayli elektr ta’minoti favqulodda tartibda deyarli barcha hududlarda o‘chirilganini bildirgan.
Zaporoje viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda 13 kishi jarohatlangan. Shaharning turli hududlarida 15 ta ko‘p qavatli uy, xonadonlar va noturarjoylarga zarar yetgan.
Odessa viloyatining Izmail shahrida dronlar energetika va port infratuzilmasiga zarba berganini viloyat rahbari Oleg Kiper tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar qayd etilmagan, energiya ta’minoti tiklanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘iston Respublikasidagi korxonalardan biri Ukraina dronlari tomonidan hujumga uchragani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi