Rossiya raketa hujumlari oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 23 noyabr kuni Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbalari oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiyga Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. . 

“Rossiya butun Ukraina bo‘ylab tinch aholiga raketa zarbalarini berishda davom etmoqda. Bugun bizda ko‘p qavatli uylarga uchta zarba berildi. Afsuski, 10 kishi halok bo‘ldi. Faqat 10 oktyabrdan 23 noyabrgacha ruslar bizning hududimizga 600 ga yaqin raketa hujumini amalga oshirdi”, deb yozgan vazir. 

Uning qayd etishicha, Rossiya Zaporojedagi tug‘ruqxonani rejali ravishda o‘qqa tutgan, u yerda faqat tug‘ruqdagi ayollar, chaqaloqlar va tibbiyot xodimlari bo‘lgan. 

“Bu shunchaki urush jinoyati emas. Ruslar ataylab S-300 raketalarini hayot boshlanayotgan joyga jo‘natishdi. Rus o‘ldirgan chaqaloq endigina ikki kunlik edi. Yo‘qotishdan onaning azobini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Siz barcha ukrainaliklar boshdan kechirayotgan adolatli g‘azabni tushunishingiz mumkin. Bunga aloqador shaxslar javobgarlikka tortiladi”, deydi vazir. 

Xabar qilinganidek, hujum chog‘ida dushman havodan 67 ta (X-101/X-555) va dengizda joylashgan qanotli raketalarni (“Kalibr”) uchirdi. Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari kuchlari va vositalari Mudofaa kuchlarining boshqa tarkibiy qismlari bilan hamkorlikda 51 ta qanotli raketani, shuningdek, “Lanset” tipidagi 5 ta kamikadze dronlarini yo‘q qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing