Rossiya xalqaro zaxiralari bir hafta ichida qanchaga o‘zgardi?

Olam

image

Rossiyaning xalqaro zaxiralari 3 iyundan 10 iyungacha 0,6 foizga oshdi va 594,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Markaziy banki ma’lum qildi.

“Xalqaro zaxiralar 10 iyun holatiga ko‘ra, 594,6 milliard dollarni tashkil etdi, bu ijobiy qayta baholash natijasida bir hafta ichida 3,3 milliard dollarga yoki 0,6 foizga o‘sdi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Rossiya banki, agar mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat ijobiy rivojlansa, asosiy stavkani yanada pasaytirish imkoniyatiga ruxsat bergan edi. Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, past inflyatsiya Rossiya iqtisodiyoti uchun makroiqtisodiy barqarorlik uchun zarur.

Ma’lumot uchun, 1 aprel holatiga ko‘ra, mamlakat xalqaro zaxiralari 606,4 mlrd dollarni tashkil etgan, mart oyida esa 617 133 mlrd dollarga yetgan.

Rossiya Banki va Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan saqlanadigan yuqori likvidli xorijiy aktivlar bo‘lgan xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va monetar oltindan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya zaxiralarining G‘arb davlatlarida joylashtirilgan 300 mlrd dollardan ortiq valyuta qismi muzlatilgan.

S&P Global Ratings (S&P) xalqaro agentligi Rossiyaning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit reytinglarini “CC” dan “SD”ga, ya’ni “tanlangan defolt”ga tushirgandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xorijiy valyutadagi reytingini “tanlangan defolt” darajasiga tushirishiga ob’ektiv sabablar yo‘qligini da’vo qilgan edi. 

Buning ortidan Rossiya Federatsiyasi Moliya vaziri G‘arb davlatlari Rossiyani defolt deb e’lon qilsa, Moskva sudga murojaat qilish niyatida ekanini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

382

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing