Rossiya fuqaroligidan voz kechgan tadbirkor Tinkovning uyini o‘g‘ri urdi

Olam

image

Rossiyadagi “Tinkoff” banki asoschisi, tadbirkor Oleg Tinkovning Italiyaning Toskana hududida joylashgan hashamatli uyidan bir necha yuz ming yevrolik qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi. 

Voqea 16 noyabrdan 17 noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan. O‘g‘rilik haqida xabar bergan qo‘riqchi tong otganidan so‘ng uy eshigi zararlangani va xona jihozlarini ag‘dar-to‘ntar holatda ko‘rganini aytgan. Bu vaqtda Tinkov oilasi bilan Meksikada edi.

Xabarda qayd etilishicha, o‘g‘rilar uydan olib ketgan qimmatbaho boyliklar orasida turli xil buyumlar va qo‘l soatlari bo‘lgan. Tergov jarayonida ularning miqdori tasdiqlanmagan bo‘lsada, taxminan bir necha yuz ming yevroga baholanmoqda.

Ayni vaqtda Italiya politsiyasi ana shu hududdagi kuzatuv kameralarida qayd etilgan yozuvlarni o‘rganmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni Oleg Tinkov Rossiya fuqaroligidan voz kechganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Oleg Yurevich Tinkov — rossiyalik tadbirkor. U 2006 yilda o‘zining “Tinkoff” bankiga asos solgan. 2021 yilda esa Rossiyadagi barcha aktivlarini sotib yuborgan. O‘z vaqtida 8 milliard dollarlik boylik sohibi, deya e’tirof etilgan Tinkov hozirda milliarderlik maqomini yo‘qotgan. Ayni damda uning boyligi Forbes tomonidan 800 million dollar, deb baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing