Rossiya Britaniya maxsus kuchlarining Ukrainadagi faoliyatini o‘rganmoqchi
Olam
−
23 aprel 2022 13023 1 daqiqa
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainaga qo‘poruvchilik bo‘yicha 20 nafar mutaxassis (diversant) o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishni topshirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Ma’lumotlar sinchiklab tekshiriladi. Rossiya Tergov qo‘mitasi o‘z vakolati doirasida Kiyevdagi amaldagi natsistlar rejimini qo‘llab-quvvatlash, Ukraina hududidagi qo‘poruvchilik faoliyatida hamda RF Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari va tinch aholiga nisbatan sodir etgan jinoyatlarga aloqador shaxslarni doimiy ravishda qidirishni ta’minlaydi”, deyilgan xabarda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya Ukraina maxsus xizmatlariga Ukraina hududida qo‘poruvchilik uyushtirishda yordam berish uchun Maxsus havo xizmati (SAS) mutaxassislarini yuborgan.
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14