Rossiya AQSH bilan yakkama-yakka gaplashib olmoqchi. Vashington shart qo‘ydi
Olam
−
18 dekabr 2021
11932Rasmiy Moskva Vashingtonga boshqa davlatlarning ishtirokisiz xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha faqat ikki tomonlama asosda muzokaralar olib borish taklifini bermoqda. Bu haqda TASS axborot agentligiga Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qilgan.
“Biz Qo‘shma Shtatlarga ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni taklif qilamiz. Unga boshqa davlatlarni aralashtirish muzokaralarning debatga aylanib, uning faqatgina og‘zaki nutqda qolib ketishi bilan yakunlanadi”, deya ta’kidlagan diplomat o‘z bayonotida.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, shu paytga qadar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi bu darajachaga yomon bo‘lgan emas.
“Umid qilamanki, amerikaliklar vaziyat qanchalik o‘zgarganini e’tibordan chetda qoldirmaydi – bu o‘zgarish yaxshi tomonga bo‘lgani yo‘q, albatta. Afsuski, hozircha ular o‘z pozitsiyalaridan voz kechishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatadigan alomatlar ko‘zga tashlangani yo‘q”, deya qo‘shimcha qilgan Ryabkov.
Oq uy matbuot kotibi Jennifer Psaki Rossiya Tashqi ishlar vazirligining xavfsizlik muzokaralarini o‘tkazish bo‘yicha taklifiga o‘z bayonotida izoh berib o‘tdi. Unga ko‘ra, Vashington Rossiyaning AQSH va NATO bilan xavfsizlik muzokaralarini olib borish taklifiga Yevropa Ittifoqidagi ittifoqchilarining ishtirokisiz rozilik bermaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin AQSH va NATO davlatlari Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy hujumi ortidan Moskvani jiddiy oqibatlar haqida ogohlantirishgan edi. Yevropa davlatlari rahbatlarining Bryusseldagi sammitida esa G‘arb Kremlga saknsiyalar joriy qilish taklifini ma’qullagandi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15