Ronalduning o‘g‘li ilk bor Portugaliya U-16 terma jamoasiga chaqirildi

Sport

image

Krishtianu Ronalduning to‘ng‘ich o‘g‘li ilk bor Portugaliya U-16 terma jamoasiga chaqirildi. U Turkiyaning Antaliya shahrida 30 oktyabr – 4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Federatsiyalar kubogida ishtirok etuvchi 22 nafar futbolchi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) matbuot xizmati xabar berdi.

Krishtianu Ronaldu dos Santos 15 yosh bo‘lishiga qaramay Filipe Ramos murabbiyligidagi Portugaliya U- 16 terma jamoasiga chaqiruv oldi. Endi 15 yoshli futbolchi mamlakat yoshlari safida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Kichik Ronaldu avvalroq Portugaliya U-15 jamoasida ham o‘ynagan edi.

Krishtianu Ronaldu dos Santos otasi o‘ynagan klublar akademiyalarida futbolchilik faoliyatini boshlagan. U dastlab “Real Madrid” yoshlar jamoasida, keyin esa “Yuventus” akademiyasida to‘p surgan va o‘sha yerda bir mavsumda 58 ta gol urib, e’tibor qozongan. 2023 yildan boshlab esa u Saudiya Arabistonidagi “Al-Nasr” klubi akademiyasida mashg‘ulot olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu ilk bor 2003 yil 20 avgust kuni Portugaliya milliy terma jamoasi safida Qozog‘iston milliy termasi jamoasiga bilan bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinida  maydonga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya Krishtianu Ronaldu dos Santos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing