Ronalduning transferi Saudiyaga qanday foyda keltiradi?

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bosh direktori Ahmad Al-Hamdi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu transferining Saudiya Arabistoniga ta’siri haqida fikr bildirdi.

“Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolanishi tarixiy kelishuv va biz boshdan kechirayotgan buyuk uyg‘onish davri hisoblanadi. Bu transfer Saudiya Arabistoni imijiga katta ta’sir ko‘rsatadi va mamlakatimiz taraqqiyoti qay darajada ekanligini dunyoga ko‘rsatadi”, deydi Ahmad Al-Hamdi. 

Ronaldu “Al-Nasr” safida 2023 yil boshidan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. 38 yoshli forvard reklama shartnomalarini ham hisoblaganda Saudiya klubida yiliga 200 million yevro ishlab topadi. Mamlakat chempionatining joriy mavsumida Ronaldu 9 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etish joiz, Ronaldu maoshining atigi 10 foizini “Al-Nasr”dan oladi. Futbolchi maoshining qolgan qismi Saudiya hukumati tomonidan qoplanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing