Ronalduning “Al-Nasr” o‘yinlariga qaytish sharti ma’lum bo‘ldi
Sport
−
13:01 3303 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi o‘yinlariga qaytish sharti oydinlashdi. Bu haqda “A Bola” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) tomonidan raqobatchi klublarga nisbatan “Al-Nasr”ga ajratilayotgan sarmoya kamayganidan norozi.
Shuningdek, portugaliyalik hujumchi maosh to‘lovlaridagi sezilarli kechikishlardan ham norozi bo‘lmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Krishtianu o‘yinlarga qaytishdan oldin ushbu masalalar hal etilishini kutmoqda.
Agar vaziyat qisqa muddatda ijobiy hal bo‘lsa, u bugun, 6 fevral kuni Saudiya Pro-ligasi doirasida “Al-Ittihod”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Aks holda, Ronaldu uchrashuvlarni boykot qilishda davom etadi.
Qayd etilishicha, hozircha ikkinchi ssenariy, futbolchining o‘yinlarda ishtirok etmasligi, eng ehtimoliy variant sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu noroziligi sabab “Al-Nasr”ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi