Ronaldu 10 million dollarlik sport avtomobilida ko‘rinish berdi (Foto)

Sport

image

“Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu ilk bor o‘z kolleksiyasidan yangi mashinasini namoyish etdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

38 yoshli forvard 10 million dollarlik Bugatti mashinasida Madrid bo‘ylab sayohat qildi. Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi o‘yindan so‘ng Ispaniya poytaxtiga kelgan.

“Krishtianu sevgilisi Jorjina Rodriges bilan restoranga bordi, so‘ng Bugatti Centodieci superkarida omma oldida paydo bo‘ldi”, deyiladi manba xabarida.


Mashina 1600 ot kuchiga ega. Avtomobil soatiga 386 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” Portugaliya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing