Ronaldu “Al-Nasr” bilan Saudiya chempioni bo‘ldi
Sport
−
09:56 1339 1 daqiqa
Kecha, 21 may kuni “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni Pro Ligasinining 34-turida “Damak”ni mag‘lub etib, mamlakat chempioniga aylandi.
Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi. G‘alabaga Krishtianu Ronalduning dubli (62, 80-daqiqalar) katta hissa qo‘shdi.
Shuningdek, Sadio Mane (34) va Kingsli Koman (52) ham gol urdi. Mehmonlar safida esa Morlay Silla 57-daqiqada penaltidan aniq zarba yo‘lladi.
41 yoshli Ronaldu bu mavsum chempionatda 28 ta gol urib, jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. U ikkinchi o‘rinni egallagan vatandoshi Joau Feliksdan sakkizta golga o‘zib ketdi. Shuningdek, portugaliyalik yulduz ligada “Al-Ahli” safida 32 ta gol urgan Ivan Tounidan keyin to‘purarlar jadvalida ikkinchi o‘rinni qayd etdi.
“Al-Nasr” Ronaldu 2023 yil yanvar oyida klubga qo‘shilganidan buyon ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bu portugaliyalik futbolchining klub safidagi ikkinchi sovrini bo‘ldi. U bungacha 2023 yil avgust oyida Arab chempionlari kubogini yutib olgan edi.
Ma’lumot uchun, Ronalduning “An-Nasr”ga kelguniga qadargi so‘nggi sovrini 2021 yil may oyida “Yuventus” bilan qo‘lga kiritilgan Italiya Kubogi bo‘lgan.
Live
Barchasi