Rogozin umurtqasidan olingan o‘q parchasini Makronga ko‘rsatishni so‘radi

Olam

image

Ukrainaning Donbass mintaqasida yarador bo‘lgan “Roskosmos”ning sobiq rahbari Rogozin umurtqasidan olingan o‘q parchasini Fransiya elchisiga jo‘natdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘q parchasiga Dmitriy Rogozin xat ilova qilgan.

“Umurtqamdan chiqarib olingan o‘q parchasini Emmanuel Makronga topshirishingizni so‘rayman. Unga yetkazib qo‘yinglarki, hech kim Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va NATOga a’zo boshqa davlatlarning Donbasdagi harbiy jinoyatlari uchun jazodan qutulib qololmaydi”, deya izoh qoldirgan Rogozin.

Ma’lumot uchun, Ukraina xavfsizlik kuchlari 2022 yilning 21 dekabr kuni kechqurun Donetskning Lenin tumaniga zarba bergan edi. Shuningdek, ular Dmitriy Rogozin boshchiligidagi bir guruh harbiy maslahatchilar yashaydigan mehmonxonani o‘qqa tutgan.

Oqibatda Rossiya kosmik tarmog‘ini boshqaruvchi “Roskosmos” korporatsiyasining sobiq rahbari Dmitriy Olegovich Rogozin Donetskdagi mehmonxonada umurtqasidan yaralanib, Rostov-na-Donudagi harbiy klinik shifoxonaga olib ketilgan edi. Shundan so‘ng Rogozinning o‘sha paytdagi holatidan kelib chiqib, shifokorlar uni murakkab jarrohlik amaliyoti uchun Moskvaga yuborish kerakligini aytgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing