Rishod Sobirov yangi lavozimga tayinlandi

Sport

image

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, dzyudo bo‘yicha uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Rishod Sobirov mas’ul lavozimga tayinlandi.

Rishod Sobirovga O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xuddi shuningdek, tajribali mutaxassis, qator xorijiy mamlakatlarda O‘zbek sporti kurash targ‘iboti bilan shug‘ullangan, Tailand, Qatar, Vetnam, Indoneziya va Turkmaniston davlatlarida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalarining tashkiliy ishlarida bevosita ishtirok etgan, o‘nlab jahon chempionlarining ustozi, xalqaro toifadagi hakam Olim Hayitov federatsiyaning Ilmiy kengashiga rais etib saylandi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rishod Sobirov O'zbekiston kurash federatsiyasi

Baholaganlar

345

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar